insurez
15-01-2025 11:59

Vazir ustamasiga nomzodlar ro‘yxati sessiyada tasdiqlanadi


Xalq deputatlari tuman kengashining 7-chaqiriq, 6-sessiyasi joriy yil 21-yanvar kuni o‘tkaziladi. Tadbirda 2023-yil 31-yanvarda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi muhokama etiladi.

Shuningdek, kengash va doimiy komissiyalarning birinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari kun tartibiga kiritilgan.

Bundan tashqari, og‘ir hududlardagi aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda “Vazir jamg‘armasi”dan ustama maosh oluvchi jomboylik pedagoglar ro‘yxati muhokamaga kiritilgan.

 

Teglar
- -