“Uchinchi renessans” g‘oyasi salohiyatli avlod orqali ro‘yobga chiqadi
Tuman hokimi Xurshid Nazarov nodavlat ta’lim markazlarida bo‘lib, iqtidorli yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Xususan, tumanimiz markazida tashkil qilingan “Dostonbek academy”, “MT academy” hamda “Language land” o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishildi. Prezidentimiz ilgari surayotgan “Uchinchi renessans” g‘oyasi faqat va faqat sifatli ta’lim orqali ro‘yobga chiqoshi ta’kidlandi. Tuman hokimi salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor ekanini bildirdi.