insurez
13-03-2025 15:28

Tarixiy kanal yoqasi so‘lim maskanga aylanadi


“Mirza ariq” kanali tumanimiz qadim tarixiga guvoh bo‘lgan gidrologik inshoot hisoblanadi. Manbalarga ko‘ra, kanal ulug‘ olim va mutafakkir Mirzo Ulug‘bek tashabbusi bilan XV asrda barpo etilgan. O‘z davrida Sultoniy nomi bilan yuritilgan bo‘lib, keyinchalik sarkarda sharafiga “Mirzo arig‘i” deya qayta nomlangan.

Suv inshootining Shodlik mahallasidan o‘tgan qismi keyingi yillarda qarovsiz holga kelib qolgandi. Jamoatchilik taklifi asosida hududni obodonlashtirish, dam olish maskaniga aylantirish maqsad qilinmoqda. 

Tuman hokimi Xurshid Nazarov mutasaddilar ishtirokida hududda bo‘lib, loyiha bilan tanishdi. 

Rejaga ko‘ra, ariqning ikki tomonida piyodalar yo‘lagi, elektroskuter va velosiped uchun yo‘laklar hamda avtoturargoh barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur hudud tadbirkorlarga auksion orqali ajratiladi. Aholi dam olishi uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi. 

Muhokamada ushbu xayrli ishni o‘z vaqtida, sifatli ro‘yobga chiqarish yuzasidan taklif, fikr-mulohazalar bildirildi. Vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -