insurez
27-03-2025 12:11

Tadbirkorni qiynayotgan muammo yechimsiz qolmasligi kerak


“Sof expo Samarkand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazilmoqda. Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda ishbilarmon yurtdoshlarimiz, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi 20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tuman hokimi Xurshid Nazarov tomonidan qabul qilindi.

Xususan, Saroy mahallasidan yakka tartibdagi tadbirkor Nilufar Bobonazarova milliy liboslar yo‘nalishida hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi, ish joyida elektr hisoblagich bilan bog‘liq muammoga duch kelayotganini bildirdi. Ushbu masala elektr tarmoqlari korxonasi vakillari ishtirokida bir kun muddatda hal etilishi belgilandi. 

Shuningdek, auksion orqali bo‘sh yer maydonlarini xarid qilish va kredit olishga oid qator masalalar ijobiy yechim topdi.

Teglar
- -