17-12-2024 20:33
Svetofor nosozligi bartaraf etildi
Viloyat hokimligi axborot xizmati so‘roviga asosan, tumanimizning Sarichashma mahallasida joylashgan svetofor ishlamayotgani haqidagi lavha o‘rganildi.
Ushbu qurilma 20-umumta’lim maktabi yaqinida joylashgan bo‘lib, yog‘ingarchilik kunlarida nosozlik yuz bergan. Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi mutaxassislari tomonidan holat nazoratga olindindi. Ayni paytda nosozlik bartaraf etilgan.