29-11-2024 17:26
Sug‘diyona ham sovrin bilan qaytdi
Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahrida “Osiyo yulduzlari” II xalqaro bolalar ijodiyot festivali o‘tkazildi. Unda tumanimiz yoshlari turli yo‘nalishlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Jumladan, 23-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Sug‘diyona Turdiboyeva o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tengdoshlaridan ustunligini namoyish etib, 3-o‘rinni egalladi.