Stol tennisida murabbiylar bellashdi
Samarqand shaharidagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida stol tennisi bo‘yicha murabbiylar musobaqasi o‘tkazildi.
Stol tennisi federatsiyasining viloyat hududiy bo‘linmasi, sport va soliq boshqarmalari hamkorlikda tashkil etilgan tadbir “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlandi. Musobaqa murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Tumanimiz sport maktabi o‘qitivchisi Muborak Ikromova 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.