Renovatsiya ijrosi sessiya kun tartibida
Xalq deputatlari tuman kengashining 7-chaqiriq, 11-sessiyasi joriy yil 14-mart kuni o‘tkaziladi.
Tadbirda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi tahlil qilinadi. Mavzu yuzasidan xalq qabulxonasi mudiri H.To‘rayev axborot beradi.
Shuningdek, Shodlik mahallasi hududida joylashgan eski, avariya holatidagi ko‘p kvartirali uylarda yashovchi aholining yashash sharoitlarini renovatsiya dasturi doirasida yaxshilash, ushbu tadbirlarni jadallashtirish masalasi muhokama etilishi belgilangan.
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, kengash va tuman hokimining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, bekor qilish to‘g‘risidagi masalalar ham kun tartibiga kiritilgan.