Renovatsiya – aholi farovonligini oshirish loyihasi
Tuman hokimi Xurshid Nazarov Shodlik mahallasida bo‘lib, renovatsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Qayd etish joizki, o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan, yashash uchun yetarli sharoitga ega bo‘lmagan ko‘p qavatli uylar aholisi ushbu loyiha asosida qurilgan yangi, zamonaviy uy-joylarga ko‘chirilishi renovatsiyaning mohiyatini anglatadi. O‘z navbatida eski uylar o‘rnida ham ko‘p qavatli bino-inshootlar barpo etiladi. Bu xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratish yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan darakdir.
Renovatsiya dasturining ilk namunasi Shodlik mahallasida foydalanishga tolshirilgan bo‘lib, 80 xonadonli uy-joyning 20 ta kvartirasi eski uy aholisiga ajratilgan.
O‘rganish davomida qurilish firmasi va kompleks mutasaddilarining fikr-mulohazalari tinglandi. Loyihani tizimli davom ettirish yuzasidan vazifa va topshiriqlar berildi.