Polimer uchun bo‘yoq sanoatning yangi tarmog‘i
Navbatdagi manzil Qoramo‘yin mahallasida tashkil qilingan “Samarqand golden colors” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi.
Kichik sanoat zonasi hisoblangan hududda polietilen va polimer mahsulotlar uchun har-xil turdagi bo‘yoq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda 30 nafar xodim doimiy ish bilan band.
Korxona uchun tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan bir million dollar invetsitsiya kiritilgan. Uskunalar Xitoydan olib kelingan. Bo‘yoqlar uchun xomashyo Eron va Hindistondan keltirilmoqda. Tayyor mahsulot hozircha, ichki bozorga yetkazib berilyapti.