O‘zbek tili bayrami kuni nishonlandi
Tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov, hokim maslahatchisi Asqar Qurbonov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Hamza To‘rayev, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdualim Sulaymon o‘g‘li, “Do‘stlik” ordeni sohibi, ustoz ijodkor Hafiza O‘sarova, yosh ijodkorlar Rustam Ro‘ziboyev, Dostonbek Mardonov hamda umumta’lim maktabi kutubxona mudiralari ishtirok etdi.
“Umid” ijodiy klubi a’zolari hamda ijodkor o‘quvchilari tomonidan Ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Shuningdek, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan “Sen bilan barhayotman ona tilim” shiori ostidagi onlayn insholar tanlovi natijalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.