Nosozlik bartaraf etilmoqda
Viloyat hokimligi axborot xizmati so‘roviga asosan, tumanimizning Shayman qishlog‘iga xizmat ko‘rsatuvchi transformator podstansiyasida qisqa tutashuv va yong‘in kuzatilayotgani haqidagi lavha o‘rganildi. Ayni paytda tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislaridan iborat guruh nosozlikni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, murojaatda qishloq aholisi uchun ichimlik suvi muammo bo‘lib qolayotgani aytilgan. Katta qishloq mahallasi uchun yangi suv inshooti qurish hamda 3,5 kilometr tarmoq tortish ishlari 2025-yil ikkinchi chorak dasturiga kiritilganini ma’lum qilamiz.