Naymantepa obod hudud bo‘ladi
Tumanimiz hududlarini “Obod mahalla”ga aylantirish ishlari bosqichma bosqich davom etyapti. Ayni kunlarda Naymantepa mahallasida ish qizg‘in. Qishloq hududlarini obodonlashtirish, kompleks rivojlantirish maqsadida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida faollar bilan muloqot o‘tkazildi. Unda mavjud muammolarni o‘rganish va hal etish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Jarayonda xonadonlarni tartibga keltirish, tomorqa maydonlariga to‘qsonbosti ekinlar ekish, uy-joy fasadlarini ta’mirlash, aholining kommunal va ijtimoiy masalalarini hal etish ko‘zda tutilgan.
Oilaviy shifokorlik punktida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Maqsadli skriningda qariyb 300 nafar fuqarolar tor soha mutaxassislari tomonidan tekshirildi. Birinchi navbatda dispanser nazoratida turgan yurtdoshlarimiz, bolalar, homilador ayollar ko‘rikdan o‘tkazildi. “Sog‘lom avlod” xayriya jamg‘armasi hisobidan bepul dori-darmonlar tarqatildi. Shifokorlar yotoqda davolanayotgan bemorlar xonadonida bo‘lib, holidan xabar olishdi.