insurez
14-03-2025 19:25

“Milliy qadriyatlar oyligi” Sarqipchoqdan boshlandi


Prezidentimizning 2023-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili ko‘klam kirishi bilan “Milliy qadriyatlar oyligi” xalq sayllarini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda.

Ushbu oylik xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, xalq o‘yinlari yo‘nalishidagi ijro san’atini targ‘ib etishga qaratilgan. Bu loyiha tarix, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni o‘zida aks ettiradi. 

Oylik doirasidagi tadbirlar tumanimizning Sarqipchoq mahallasidan boshlandi. Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, “Oqila ayollar” harakati jamoatchilik tuzilmasi, madaniyat bo‘limi, bolalar musiqa va san’at maktabi, folklor-etnografik jamoalari ishtirokida xalq sayli o‘tkazildi.

Teglar
- -