Jomboyning “Oltin fondi”
O‘zbek yoshlari uchun xorij mamlakatlarining nufuzli oliygohlarida saboq olish imkoniyati tobora kengayib boryapti. Yoshlar ishlari bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, bugun 105 nafar jomboylik yoshlar ta’lim olish istagida chet davlatlarda istiqomat qilmoqda.
Jumladan, ularning 40 nafari Rossiya, 32 nafari Janubiy Koreya, 5 nafari Germaniya, 4 nafari AQSH, 4 nafari Yaponiya va 4 nafari Xitoy oliygohi talabalaridir. Shuningdek, yigit-qizlarimiz orasida Italiya, Fransiya, Shveytsariya kabi Yevropa davlatlariga bakalavr va magistratura ta’limi uchun jo‘nab ketganlar bor.
Tuman hokimi Xurshid Nazarov ayni paytda ushbu yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, salohiyatli yoshlar millatimiz “Oltin fondi” ekani ta’kidlandi. Yoshlar tashabbusi, taklifi va murojaatlari hokim tomonidan qabul qilinmoqda.