insurez
25-03-2025 13:20

Jomboylik o‘quvchilar Yaponiyaga boradi


Tumanimizdagi “MIT Academy” zamonaviy kasblar markazi o‘quvchilari Dubay shahrida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Joriy yil 20-mart kuni 12-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasida ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha Shohjahon Quvondiqov, matematika yo‘nalishi bo‘yicha Elbek Tog‘ayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Nufuzli tadbirda 8 ta davlatdan o‘quvchilar ishtirok etgani e’tiborga molik. Endilikda jomboylik iqtidorli yoshlar iyun oyida Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi bosqichda qatnashish huquqiga ega. 

Nilufar OMONOVA.

Teglar
- -