Jomboy sanoatiga yangi tarmoqlar kirib kelmoqda
Tuman hokimi Xurshid Nazarov “Dehqonobod” sanoat hududida barpo etilishi rejalshtirilgan loyihalar bilan tanishmoqda.
“Universal services” hamda “Golden konteyner” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bir tadbirkorga tegishli ikki loyiha bo‘lib, tumanimiz sanoati sohasi uchun nisbatan yangi yo‘nalish hisoblanadi. Qariyb 4 milliard so‘m sarmoya evaziga ishga tushi kutilayotgan korxonada eksport qadoqlarida foydalaniladigan gofra-qutilar ishlab chiqariladi.
Tadbirkorning qurilish-loyiha hujjatlariga oid muammosi hal etilishida amaliy yordam berilishi belgilandi.
Shuningdek, hududdagi “Marmaks holding invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishildi. Korxona qurilish sohasida dizayn va interyer xomashyosi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.