insurez
15-12-2025 17:03

Issiqxonada qulupnay pishdi


Toshkent mahallasida yashovchi tadbirkor Qahramon Axtamov tomorqasida issiq­xona tashkil qilgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan issiqxonada qulupnay pishdi.

– Tomorqamizning 3 sotix qismida issiqxona tashkil qilganmiz, – deydi tadbirkor. – Mana, ikki yildirki, koreys texnologiyasi asosida qulupnayning “Seolhyang” navini yetishtirib kelmoqdamiz. Dast­labki yil hosili kamroq edi.  Bu yil hosildorlik yaxshi. Bozorda bir kilosini o‘rtacha 100-120 ming so‘mdan sotyapmiz.

U boshqa mahalladoshlari bandligini ham ta’minlashga ko‘maklashmoqda.  Qulupnay ­yetishtirishni boshlayotganlar uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarini berib kelmoqda. Shuningdek, ko‘chat yetkazib berishni ham yo‘lga qo‘ygan.

 

Teglar
- -