Ikki jomboylik o‘quvchi O‘zbekiston chempionligi uchun kurashadi
Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqada tuman-shaharlardan kelgan 200 nafar o‘quvchi 7, 9, 11, 13, 15, 17 yosh toifalarida bellashdi.
Musobaqada tumanimiz vakillari Mohina Norbekova 2-oʻrinni, Sarvar Aliyev 3-oʻrinni egalladi.
Sovrindorlar joriy yilning 13-20-yanvar kunlari Andijon viloyatida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatida qatnashadi.