insurez
10-05-2025 19:08

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlarga bog‘liq


Joriy yilning yanvar-aprel oylarida dasturlar doirasida 32,1 milliard so‘mlik kreditlar aholi va tadbirkorlik subyektlarining 1408 ta biznes loyihalarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirildi.

Jumladan, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 4 oyda 50 nafar tadbirkorga 5,1 milliard so‘mlik kreditlar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi bo‘yicha esa 548 ta loyihaga 8,9 milliard so‘mli mablag‘ kredit sifatida yo‘naltirilgan.

Shuningdek, “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 410 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga 8,1 milliard, “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida 400 ming loyihaga 9,8 milliard so‘m kreditlar ajratildi.

“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosidagi ishlar ham uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda. Jumladan, “Sayhunobod” tajribasi asosida “Nayman” mahallasidagi 1090 ta xonadonda malinazor barpo etilib, ularni kengaytirish maqsadida har bir xonadonga malina ko‘chatlari yetkazib berildi. Malinazorlar maydonini 30 gektarga yetkazishga erishildi.

Bundan tashqari, yaratib berilgan imkoniyatlar hisobiga “Zarbdor” tajribasiga asosan “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida Quduqli mahallasi tanlab olindi. Dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun aholiga 15,4 gektar yer maydonida 91 ta lot tashkil etilib, savdoga qo‘yildi va sotildi. Bu yerda suv ta’minotining yaxshi emasligi aholini qiynab kelayotgan edi. Respublika byudjeti hisobidan 210million so‘m mablag‘ ajratilib, 1 kilometr elektr tarmog‘i tortildi. Yana 1 ta transformator o‘rnatish, sug‘orish qudug‘i qazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Dilshod SAMADOV.

 

Teglar
- -