insurez
07-04-2025 09:41

Energiya to‘lovlari uchun kompensatsiya beriladi


Yoqilg‘i-energetika sohasida ehtiyojmand aholiga davlat yordam beradi. Bu haqida Prezident qarori imzolandi.

📅 Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi:

1️⃣ Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga. Ushbu tizimga a’zolarining birgalikdagi oylik daromadi teng taqsimlanganda 669 ming so‘mdan kam chiqqan oilalar kiritiladi.

2️⃣ Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga. Bunda tizimga bir oylik daromadi har bir a’zoga taqsimlanganda 1 mln 155 ming so‘mdan kam chiqqan oilalar kiritiladi.

3️⃣Shuningdek, ikkala reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zosiga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalarga gaz va elektr to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lanadi.

✅ Qancha kompensatsiya beriladi?

💡elektr uchun – oyiga bazaviy me’yordan (ya’ni, 200kVt soatdan) ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;

🔥 gaz uchun – noyabr-fevral oylarida bazaviy me’yordan (ya’ni, 500 kub metrdan) ko‘p foydalanilgan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun.

↗️ Bunda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

Teglar
- -