insurez
02-04-2025 15:03

Dorivor ekinlar yetishtirishda yangi tajriba


Tuman hokimi Xurshid Nazarov soha mutasaddilari ishtirokida hududlar obodonchiligi, tomorqa maydonlaridan samarali foydalanish holati bilan tanishdi.

Jarayonda Qo‘rg‘onsolomon mahallasidagi “Sam food Jomboy” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati o‘rganildi.

Ushbu xo‘jalikda golubika va sparja kabi dorivor o‘simliklar yetishtirilayotgan bo‘lib, dunyo bozorida xaridorgir mahsulot sanaladi. Suhbat davomida tadbirkorning muammo va takliflari tinglandi.

Teglar
- -