Deputat xalq orasida bo‘lishi kerak
Deputatlik – xalq ishonchi demakdir. Tuman kengashi deputatlaridan o‘z faoliyati davomida ushbu tamoyilga qat’iy amal qilish talab etiladi.
Saylov okrugi hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan muntazam xabar olib, ijtimoiy daftarlar roʻyxatida turgan yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash bunda asosiy omil hisoblanadi. Aholini qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganib, samarali yechim topish uchun har lahza xalq orasida bo‘lish zarur.
Tumanimiz deputatlari tashabbusi va sa’y-harakati bilan elektr tarmoqlaridagi muammolar, gaz ta’minoti va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi salomatligi hamda ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etish joiz.
Jamshid JUMANOV,
tuman kengashi kotibiyati mudiri.