Davlat xizmatchisi namuna bo‘lishi kerak
Tuman hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Sa’dullayev rahbarligida o‘tgan tadbirda xonadonlarga kichik hajmli quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatishning samarali jihatlari, bu borada joylarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlarining holati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, soliq tushumlari ta’minlanishida davlat xizmatchilarining shaxsiy namunasi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirda xodimlarning odob-axloq qoidalari, ijro intizomi yuzasidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilindi.