insurez
14-03-2025 18:08

“Coca-cola” zavodida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi


Tuman hokimi Xurshid Nazarov “CCI Uzbekistan” xorijiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu tuzilma tumanimizning eng yirik sanoat korxonalaridan biridir. Salqin ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod uchun  dastlabki bosqichda 78 million dollar sarmoya kiritilgan. 2026-yilga qadar investitsiya hajmi oshirib borilishi belgilangan.

To‘la quvvatda ishga tushishi bilan yiliga 280 million litr salqin ichimlik ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Dastlab faqat “Coca-cola” ishlab chiqarilsa, 2026-yilgacha mahsulot 8 turga yetishi kutilmoqda. 

Suhbat davomida xorijlik sarmoyadorlar va soha mutaxassislari bilan samimiy muloqot o‘rnatildi. Ayni paytda korxonada 200 nafar mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan band. Quvvatni oshirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi ham maqsad qilinmoqda.

Teglar
- -