insurez
29-03-2025 09:08

Chuvilloqdagi bozor muammosiga qonuniy yechim topiladi


Tut mahallasi, Chuvilloq qishlog‘ida joylashgan bozorning egaligi, huquqiy shaklini belgilash masalasi ko‘p yillardan beri muammo bo‘lib kelmoqda. Asosiy savdo nuqtalari, rastalar tdbirkor tomonidan barpo etilgan bo‘lsa-da, yer maydoni “Jomboy dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga filial tashkil etish uchun ajratilgan.

Ushbu masalaga yechim topish maqsadida tuman hokimi Xurshid Nazarov soha mutaxassislari ishtirokida muammoni joyida o‘rgandi. Qurilish ishlariga sarmoya kiritgan tadbirkor “Jomboy dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga hissador sifatida kirishi orqali muammoni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Teglar
- -