insurez
20-03-2025 13:26

Bunyodkorlik o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi zarur


Bosh prokuror o‘rinbosari, respublika shtabi rahbari S.Samadov Jomboy tumanida bo‘lib, investitsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Xususan, Eski Jomboy mahallasidagi 28-umumta’lim maktabini yangidan barpo etish, Shodlik mahallasidagi 46-umumta’lim maktabi uchun qo‘shimcha bino qurish belgilangan. Shuningdek, Saroy, Shirinkent, Qo‘ng‘irot, Qo‘lbosti va Polvonariq mahallasi aholisining tomorqa maydonlariga sug‘orish tarmog‘i tortish maqsadida ichki ariqlarning betonlashtirilishi, tuman markazida barpo qilinayotgan ichimlik suvi tizimi loyihasi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Har bir holat yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari o‘rganilib, jarayonning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi, ishlar belgilangan muddat va yuqori sifatda bajarilishi zarurligi ta’kidlandi. Soha mas’ullari va quruvchilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -