Budapesht sammiti yangi ufqlarni belgilaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha rasmiy tashrif bilan Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib, Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Bu sammit, shubhasiz, xalqimiz va butun turkiy dunyo uchun muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Prezidentimiz ilgari surgan takliflar do‘stlik, strategik hamkorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etish joiz. Ayniqsa, xalqaro geosiyosiy vaziyat keskin tus olayotgan bugungi davrda bu kabi yondashuvlar muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiya va madaniyat sohalarida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Masalan, “Turk-treyd” onlayn platformasini yaratish, trans-kaspiy yo‘lagi bo‘yicha “yagona darcha” va “yashil yo‘lak” tizimini joriy etish kabi takliflar iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi. Bundan tashqari, TURKSOY faoliyatini takomillashtirish va turkiy xalqlar madaniy aloqalarini kuchaytirish borasidagi tashabbuslar ham tahsinga loyiq.
Davlatimiz rahbarining bu kabi yuksak darajadagi tashabbuslari biz, mahalliy kengash deputatlari uchun ham yangi yo‘nalishlarni belgilab beradi. Endilikda tuman miqyosida ham turkiy davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatlar kengayadi. Bu esa xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.
Ilhomjon Mamatqulov,
Tuman kengashi deputati.