Bolaning begonasi bo‘lmaydi
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan uy ta’limida tahsil olayotgan o‘quvchilar holidan xabar olindi. Xayriya aksiyasi doirasida Zarafshon va Guliston mahallalarida yashovchi bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari va o‘quv qurollari taqdim etildi.
Shuningdek, ularning ehtiyoj va muammolari o‘rganildi. Qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha ishlar yuzasida fikr almashildi. Shu bilan birga, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishga kelishib olindi.
Dilnoz HAMRAYEVA,
tuman kengashi deputati.