insurez
07-01-2025 09:13

Bank xodimlari aholi muammolarini o‘rganmoqda


Tumanimizda aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va migratsiyani kamaytirish maqsadida aniq chora-tadbir ishlab chiqilgan. Bunda tijorat banklari ham faol ishtirok etyapti.

“O‘zsanoatqurilishbank” mutaxassislari tomonidan ehtiyojmand yurtdoshlarimizni doimiy ishga joylashtirish, ularga imtiyozli kredit ajratish, kasb-hunarga o‘qitish orqali daromadli mehnat bilan ta’minlash maqsadida Shirinkent va So‘xmon mahallalarida o‘rganish o‘tkazildi.

Jarayonda tadbirkorlar muammosini hal etish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarga ham e’tibor qaratilmoqda.

 

Teglar
- -