insurez
21-10-2025 13:52

Aholini ro‘yxatga olishda mahalla yordamchi bo‘ladi


Tumanimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur farmonga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonga hududlardagi “mahalla yettiligi” vakillari ham jalb etilishi belgilangan.

Seminar davomida tuman statistika bo‘limi boshlig‘i Sherzod Bo‘riyev ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari va ularni to‘ldirish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiya va amaliy ko‘nikmalar berildi.

 

 

 

Teglar
- -