insurez
15-03-2025 20:35

Aholi muammolarini ijobiy hal etish ustuvor vazifa


Xabar qilganimizdek, tuman hokimi Xurshid Nazarov G‘azira mahallasida aholi muammolarini xonadonbay o‘rgandi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va takliflar joyida muhokama etilib, ijobiy hal etilishi yuzasidan vazifalar belgilandi. 

Jumladan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida eskirgan simyog‘ochlarni zamonaviy temir-beton ustunlarga almashtirish, transformator podstansiyasi kuchlanishini oshirish, yo‘l infratuzilmasini ta’mirlash bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. 

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning ma’nan eskirgan elektr hisoblagichini yangilash, imtiyozli tartibda qoramol olib berish, uy ta’miri uchun yog‘och materiallari ajratish hamda og‘ir xastalikka chalingan bemorni davolanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan aniq chora-tadbir belgilandi.
 

Teglar
- -