12 nafar yurtdoshimiz muammosi ijobiy hal etildi
Tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan No‘sh mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda yurtdoshlarimizning sohaga oid muammo va takliflari o‘rganildi.
Xususan, qabulda o‘ttizdan ortiq fuqarolar tinglanib, 18 nafarining tibbiyot muassasasiga ishga joylashish, imtiyozli order olish, nogironlik belgilash, sog‘lig‘ini tiklash va bepul dori-darmon ajratishga oid masalasi ijobiy hal etildi.
Qayd etish joizki, tibbiyot birlashmasi rahbari T.Xoliqova ishtirokidagi shu kabi qabullar yanvar-mart oylari davomida markazdan olis 11 ta mahallada o‘tkazilishi belgilangan.