
Xalq deputatlari tumani kengashining oltmish to‘qqizinchi sessiyasi 11-noyabr soat 15:00 da o‘tkaziladi.
Kun tartibiga ko‘ra, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 1- va 2-sektor rahbarlari hisobot berishi kutilmoqda.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudning 9 oylik faoliyat samaradorligi sarhisob qilinadi. Hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha xalq qabulxonasi mudiri I.Oltiboyev axborot beradi.
Bundan tashqari, Sarichashma mahalla fuqarolar yig‘inidagi ayrim ko‘chalarga nom berish kun tartibiga kiritilgan.