Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudning joriy yil 22-fevraldagi hujjatiga asosan, jomboylik T.Sh.dan farzandi ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga aliment undirish belgilangan. Bugungi kungacha majburiy ijro byurosining tuman bo‘limida ish yuritilgan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 21-, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborilgan. Qarzdorning mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Ota farzandi 18 yoshgacha bo‘lgan muddat uchun 40 million so‘m to‘lab berdi.
Shahboz ABDURAHMONOV,
davlat ijrochisi.