Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Aksilkorrupsiya haftaligi” e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tumanimizda ham uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tadbirda “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida suhbatlashildi. Yig‘ilishda bo‘lim hamda mahalla xodimlari o‘rtasida korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish hamda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushunchalar berildi. Mazkur seminarda tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limining rahbar va xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va o‘rinbosarlari hamda prokuratura, IIB va boshqa hamkor tashkilot vakillari qatnashdi.