“Obod qishloq” dasturi endi “Tashabbusli budjet” orqali moliyalashtiriladi
Wed, 10/05/2023 - 09:59“Tashabbusli budjet” loyihasi o‘ziga xos tajriba sifatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirmoqda. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qabul qilingan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom” ushbu tajribaning mantiqiy davomi, deyish mumkin.