Og‘ufurshlarga jazo tayinlandi
Sat, 20/05/2023 - 18:31Giyohvand moddalar millat genofondini jiddiy xavf ostiga qo‘yuvchi illat. Jinoyat qonunchiligida ushbu turdagi qilmishlarga og‘ir jazo belgilanishi bejiz emas. Har yilli giyohvandlik ortidan millionlab navqiron insonlar halokatga yuz tutayotgani bizni sergak torttirishi kerak. Afsuski, atrofimizda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar ham uchrab turadi. Ularga qarshi keskin kurashish kelajak avlod oldidagi burchimizdir.