Deputat saylovchilarga hisobot berdi
Wed, 25/01/2023 - 17:42Tuman kengashi deputati Nodir To‘rayev Quduqli mahallasidagi 29-umumta’lim maktabida aholi bilan uchrashdi. Tadbirda 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga hisobot berildi. O‘tgan davr mobaynida aholidan 78 ta murojaatr kelib tushgani va ularning salmoqli qismi yechim topgani ta’kidlandi.