Olimpiada sari yo‘l
Thu, 08/06/2023 - 14:35Nyu-Dehli. 22-mart, 2023-yil. Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirgan, final yaqin edi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari orasida Navbahor Hamidova ayniqsa, jahon chempionligiga da’vogarlik qilayotgandi. So‘nggi o‘yinda jazoirlik Imane Xelifga qarshi kechgan jang shiddati va qaqshatqichligi bilan sport jamoatchiligining diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Navbahor har qancha urinmasin, bor mahorat va irodasini ishga solmasin, raqib kuchlilik qildi.