2024-yil mahalliy budjet parametrlari tasdiqlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 95-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichida ro‘yxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar tahlil qilindi. Mavzu yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova axborot berdi.

“Ayollar daftari”ning 4-bosqichida 5278 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, yil davomida 5207 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shundan 413 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 64 nafari vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilgan. Shuningdek, 746 nafar xotin-qizlar o‘z-o‘zini band qilish orqali daromadga ega bo‘lgan. Muayyan malakaga ega bo‘lmagan 834 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, 27 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar berilgan.

– Bundan tashqari, 1560 nafar boquvchisi bo‘lmagan xotin-qizlarga 1 millard 271 million so‘mlik amaliy yordam berildi, – H.Rahimova. – Shundan 1192 nafari mazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, 368 nafari 4 baravari hajmida moddiy yordam olgan. Shuningdek, 62 nafar xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash uchun 158,7 million so‘mlik qurilish materiallari tarqatildi.

Sessiya muhokamasidan so‘ng muammolari ijobiy yechim topgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarildi.

Kun tartibiga ko‘ra, 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri Bektosh Salomov hisobot berdi. Sessiya qarori bilan kelgusi yil uchun 143 milliard 111 million 400 ming so‘m mahalliy budjet prognozi tasdiqlandi.

Shunindek, sessiya ishida tibbiyot birlashmasi tomonidan yil davomida amalga oshirgan ishlar sarhisob qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM