
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Ayollar daftari” tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda barchaga o‘rnak bo‘layotgan, ayollarning muammo va murojaatlari hal etilishiga salmoqli hissa qo‘shayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish bo‘yicha tanlov tashkil etilgandi. Viloyat kengashida respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan viloyatimiz vakillarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
G‘oliblar orasida tumanimiz vakili – Ahmadjon Qurbonov mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi Chamangul Shananova ham bor.
“Eng yaxshi hokim yordamichisi” nominatsiyasi g‘olibi 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati.