Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Tuman hokimligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda viloyat prokuraturasining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasi nazorat bo‘limi katta prokurori Ulug‘bek Tangirov, tuman hokimi Xurshid Nazarov hamda tuman prokurori vazifasini bajaruvchi Erkin Ahmedjonov ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.







