Yarashtiruv institutlari jamoatchilikni jinoyatchilikdan himoya qilish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil
Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar so‘nggi yillarda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo aholi orasida jinoyat yo‘liga kirib qolayotganlar ham yo‘q emas.
Birgina, 2025-yilda 19 mingga yaqin kishi ozodlikdan mahrum qilinganligi, bu borada olib borilayotgan ishlarning qanchalik zarurligini ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, 2025-yilda sudlar tomonidan 79 ming 554 nafar shaxsga nisbatan 63 ming 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Bu raqamlar sud tizimining faoliyatini va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi ahamiyatini aks ettiradi. Sudlanganlar soni esa 63 ming 340 nafarni tashkil etib, shundan 18 ming 816 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Boshqa turdagi jazolar esa 43 ming 531 nafariga berilgan, 993 nafar shaxs esa shartli hukm qilingan.
Yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish strategiyasi doirasida, sudlanganlarning 55 ming 829 nafari erkak, 7 ming 511 nafari ayol, 23 ming 973 nafari yoshlar va 2 ming 830 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar ekanligi alohida e’tiborga molikdir. Qolaversa, yuqorida qayd etilgan raqamlar orasi 2 ming 431 nafar voyaga yetmagan yoshlarning borligi bu borada jiddiy ishlar olib borish kerakligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, jinoyat ishlarining salmoqli qismi Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ko‘rilgan. Bu hududlarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.
Masalan, yarashuv institutlari natijasida 13 ming 224 kishi jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan va 422 kishi shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Bu jarayonlar jamoatchilikni jinoyatchilikdan himoya qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Umuman olganda, mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samarali natijalar berayotgani va kelajakda ham bu boradagi chora-tadbirlarning davom ettirilishi zarurligini taqazo etadi.
Guli IBRAGIMOVA,
tuman kengashi deputati.




