Tumanimiz tibbiyotida Xitoy tajribasi qo‘llanadi
Xitoy Xalq Respublika bo‘lib turgan tumanimiz delegatsiyasi tarkibida tibbiyot birlashmasi rahbari Tozagul Xoliqova ham bor. Taniqli shifokor Urumchi shahrida faoliyat yuritayotgan “Sunbless trading LTD” kompaniyasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Ushbu korxona zamonaviy tibbiy jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, Osiyo mintaqasida o‘z nufuziga ega.
Uchrashuv davomida tumanimiz aholisi salomatligini saqlash yo‘lida qo‘l keladigan tibbiy asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda xarid qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, xitoylik investor Arken Ahmedjon bilan muzokara davomida tumanimizda Xitoy tajribasi asosida reabilitatsiya markazi qurish loyihasi muhoma etildi.