Tuman hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tuman hokimining tegishli qaroriga ko‘ra, Haqberdiyev Jahongir Shomurotovich hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
J.Haqberdiyev 1987-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan, milliy g‘oya, huquq va ma’naviyat asoslari mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar Toyloq tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.




