Tergov sudyasi o‘quvchilar davrasida
Sudyalar tomonidan umumta’lim maktablarida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan 22-maktabda tashkil qilindi.
Tuman sudining tergov sudyasi O‘.Haydarov o‘quvchilarga qonun ustuvorligi mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tdi. Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish va yo‘l harakati xafsizligini ta’minlash mavzularida tushuncha berildi.