Salohiyatli kadrlar e'tiborda
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov, shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi rahbari Elyor Ataboyev boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan egallab kelgan lavozimlaridan ozod etildi. Shu munosabat bilan tuman hokimligida kuzatish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda jamoatchilik faollari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi. Unda tuman hokimi Xurshid Nazarov so‘zga chiqib, mamlakatimizda olib borilayotgan istiqbolli kadrlar siyosati haqida fikr bildirdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda salohiyatli va tashabbuskor xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy o‘sishiga sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, jamoa a’zolarining yuqori lavozimlarga tayinlanishi nafaqat ishonch, balki katta mas’uliyat ham ekaniga alohida urg‘u berildi.








