“Qalqon sardorlari” bellashdi
Yoshlar faolligi, yetakchilik salohiyati va vatanparvarlik ruhini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda “Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida “Qalqon sardorlari” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Azizova, tuman hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov, tegishli tashkilot vakillari hamda tumandagi 38 ta mahallning faol yoshlari ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, harbiy-vatanparvarlik bilimlari, tezkorlik hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Bahslar yoshlarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy va intellektual salohiyatini ham namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nayman mahallasi jamoasi 1-o‘rinni egallab, 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Kattaqishloq mahallasi jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritib 5 million so‘m, Tut mahallasi jamoasi esa 3-o‘rinni egallab 3 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.





