Madaniy tadbirlar davom etmoqda
Tumanimizning markazdan olis Qo‘lbosti va Qo‘ng‘irot mahallalarida “Yangi O‘zbekistonda inson qadri” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar davraga ko‘tarinki shukuh berdi. Tadbir doirasida namoyish etilgan kinofilm yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Tadbir yakunida nuroniylar kengashi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi xodimlari to‘shakda yotgan bemorlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan yurtoshlariniz holidan xabar olishdi.